TUMAN KENGAShINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining  oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa   mas’ullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala – O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar  samaradorligini oshirish hamda davlat tili haqidagi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi S.Dagarov axborot berdi.
So‘ng qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida 2022-yilda tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan ishlar bo‘yicha tuman prokurori J.Bozorovning hisoboti  tinglandi.

Shu kabi tuman IIB boshlig‘i B. Rahmatov 2022-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasidagi faoliyati, tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri S. Egamberdiev esa 2022-yilda tumanda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalar bilan olib borilgan, shuningdek, “Mehr daftari” doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM