#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Samarqand vil.– Narpay tumaniga salomlar” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Unda Oqtosh shahridan Mirbozor qo‘rg‘oniga o‘tkazuvchi ko‘prik taʼmirlanayotgani sabab, transportlar Xalqobod hamda Narpay mahallalari hududidan aylanib harakatlanayotgani aytilgan. Tor yo‘llardan avtomashinalar ko‘p o‘tib-qaytayotgani piyodalar harakatiga taʼsir qilayotgani taʼkidlangan.

Shu kabi murojaatchi o‘z yashash hovlisini tartibga keltirish, obodonlashtirishga undayotgan masʼullardan noroziligini bayon etmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda investitsiya dasturi asosida tuman markazidan o‘tuvchi Narpay kanali qisman taʼmirlanmoqda. Shu kabi o‘tkazuvchi ko‘prik ham 24 metrga kengaytirilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilyapti.

Hozirda Oqtosh shahriga kirib-chiqishda transportlar aylanma yo‘llar orqali harakatlanayotgani ham rost. Bu ichki yo‘llar maxsus texnikalar yordamida kengaytirilib, piyodalar harakatlanishi uchun qulaylik yaratilmoqda. Yomg‘irli kunlardan so‘ng yuzaga kelayotgan o‘ziga xos noqulayliklar ham peshma-pesh bartaraf etilyapti.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bu vaqtinchalik noqulayliklar tez orada barham topadi. Yaʼni asosiy ko‘prikni taʼmirlash ishlari hademay poyoniga yetkaziladi.

Murojaatchining keyingi noroziligi – o‘zlari yashayotgan hovlilarni tartibga keltirish, devorlarni bo‘yash masalasiga kelsak, bugun butun tumanimizda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahalla faollari, keng jamoatchilik fuqarodan yashash xonadonini tozalab, obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shishini tayinlashgan xolos.

Narpay tumani hokimligi Axborot xizmati.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM