INSON HUQUQLARI HIMOYАDA

Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. 
Insonning umumbashariy huquqlari ko‘pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy prinsiplari hamda xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun ko‘rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan.
 
Inson huquqlari ajralmasdir. Shaxs ulardan mahrum etilishi mumkin emas, faqat kamdan-kam hollarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bundan mustasno. Masalan, inson sud tartibida jinoyat sodir etishda aybdor deb topilsa, uning erkinlik huquqi cheklanishi mumkin.
Barcha inson huquqlari – yashash huquqi, qonun oldida tenglik yoki so‘z erkinligi kabi fuqarolik va siyosiy huquqlar, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, mehnat qilish huquqi, jamoat xavfsizligi va ta’lim, yoki rivojlanish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash kabi jamoaviy huquqlar bir butun bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq. Bir huquqni hurmat qilish, boshqa huquqlarni hurmat qilishga olib keladi.
 
Inson huquqlarini tan olish nafaqat ularni amalga oshirish huquqini, balki muayyan majburiyatlarni bajarishni ham anglatadi. Xalqaro huquqqa muvofiq, davlatlar inson huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va ularni ro‘yobga chiqarish majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. 
Inson huquqlarini himoya qilish majburiyati davlatdan huquqbuzarliklarning oldini olishni talab qiladi. Demak har bir inson boshqalarning huquqlarini hurmat qilishi kerak.

Zafar IBRAGIMOV,
Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi. 

Bahodir AXMEDOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay  
tuman sudining raisi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM