ANDIJON TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA

Samarqand va Navoiy viloyatlarining tuman hokimlari amalga oshirilgan loyiha va tajribalar bilan yaqindan tanishish uchun Andijonda bo‘lib turibdilar.

Ayni paytda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Samarqand viloyati mutasaddilari bilan uchrashdi.

Mehmonlar dastlab, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda Andijon tumanidagi 55-maktabda yo‘lga qo‘yilgan yangi yondashuvlar, keyingi navbatda esa, ko‘p qavatli uylar, korxona, shuningdek, Yangi Andijon shahri qurilishi bilan tanishib o‘tadilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM