BIR MFYDA OG‘IR SHAROITDAGI 10 OILA HOKIM NAZORATIDA

Tumanimizda Oqqo‘rg‘on tajribasi va namunasi asosida joylarda faol o‘rganishlar olib borilmoqda.

Bu gal birinchi sektor aʼzolari Ipak yo‘li mahallasida aholining turmush tarzi, muammolarini o‘rganishmoqda. Bugun sektor rahbari  Sherzod Rahmonov ushbu mahallada bo‘lib, o‘rganish jarayonlarini bevosita kuzatdi hamda ko‘plab oilalarga tashrif buyurdi. 

Tuman hokimi fuqarolarning muammolarini atroflicha o‘rganib, 10 ta eng og‘ir sharoitda yashovchi oilani doimiy daromadga ega qilish va bandligini taʼminlashni o‘z nazoratiga oldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM