NAVBAT RESPUBLIKA ChEMPIONATIGA

Shu yilning 9-10-fevral kunlari Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati U-14 musobaqalari o‘tkazildi.

Sportning yengil atletika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada Narpay tumani sport maktabining 2 nafar o‘quvchisi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kirib, Respublika chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Shu kabi basketbol jamoamiz ikkinchi o‘ringa loyiq topildi. Quvonarli tomoni shundaki, Narpaylik o‘quvchilardan uch nafari viloyat terma jamoa tarkibiga saralab olindi. Ular Respublika chempionati ishtirok etishadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM