KANAL ATROFI OBOD BO‘LMOQDA

Oqtosh shahridan oqib o‘tuvchi xalq tilida “Qozoqariq”,  deb nomlangan kanal atrofi obodonlashtirilmoqda.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida suv yo‘li chetida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Hududda joylashgan tashkilotlar masʼullari,  mahalla raislari va faol fuqarolar, tadbirkorlar, ko‘ngilli aholi bilan suhbat jarayonida hasharga jam bo‘lgan barchaga obodonchilik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu kabi shaxsiy xonadon hamda tadbirkorlik subyekti egalari bilan imoratlarining tashqi fasadlarini tartibga keltirish, atrofni tozalash bo‘yicha kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM