“JAHOLATGA QARShI MA’RIFAT”

Yoshlarni diniy aqidaparastlar ta’siriga tushib qolishdan asrash uchun ularning ongini o‘stirish, bilimlarini oshirish zarur.  Zero, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkin.

Shu bois joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tadbirlar uyushtirilib, yoshlar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

62 va 66-umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida galma-gal o‘tkazilgan bugungi tadbirda ham aynan shu mavzuda so‘z yuritildi. Shu kabi yigit-qizlarimizni ma’naviyatli, milliy qadriyatlarga sodiq, dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas insonlar qilib tarbiyalash lozimligi ta’kidlandi.

Targ‘ibot tadbirida "Adashganlar" nomli videorolik namoyish etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM