SIFATLI URUG‘ – MO‘L HOSIL GAROVI

Sifatli urug‘ – mo‘l hosil garovidir. Shu bois paxta yetishtirishda chigitning sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu yilgi ekish mavsumi uchun tumanda 863 tonna urug‘lik chigit tayyorlangan. Shundan bugunga qadar  821 tonna (95 foiz) urug‘lik chigit tozalab, saralandi. 

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va mas’ullar hamrohligida “Maroqand sifat” klaster negizidagi urug‘chilik sexida bo‘lib, chigitni qayta ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Urug‘lik chigit sifati borasida mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM