ESKI ISSIQXONAGА YАNGI LOYIHA KIRITILMOQDA

Bir necha yillardan buyon Oq oltin mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Armug‘on” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizidagi issiqxona to‘liq quvvatda ishlamaganligi sababli Toshkentda ish olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan yangi texnologiya kiritish mo‘ljallandi.

"Narpay invest"MChJ hozirda 2 gektar issiqxona qayta ta’mirlanib, muqobil yonilg‘i orqali isitish tizimi bilan to‘liq jihozlandi. Shu kabi ushbu korxonada meva-sabzavotni qayta ishlash, muzlatgichli omborxona ham tashkil etilmoqda. Ayni paytda issiqxonada 35 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Yana qo‘shimcha 20 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Tuman hokimi tegishli mas’ullar hamrohligida issiqxonada olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi. Issiqxonaning o‘ziga 500 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ bosqichma-bosqich kiritilmoqda.

Shuningdek, “Juma – investitsiya sohasi bilan ishlash kuni” munosabati bilan mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "Saidahmad sifat mebel"xususiy korxonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Korxona faoliyatini kengaytirish haqida tadbirkorga tavsiyalar, bu borada unga ko‘maklashish yuzasidan takliflar berildi.

Shu tariqa boshqa loyihalar ham o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM