“TIG‘” PROFILAKTIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Narpay tuman ichki ishlar bo‘limi va YHXG xodimlari hamkorligida “Tig‘” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida avtotransportlar to‘xtatib tekshirilganda 5 nafar fuqaro maqsadsiz o‘tkir tig‘li oshxona pichoqlari olib yurganligi aniqlandi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishi bilan birga, boshqa bir shaxslar tomonidan ham tig‘li predmetlarni olib yurish holatlarini kamayishiga xizmat qiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM