IQTISODNI RIVOJLANTIRISН MAHALLADAN BOSНLANADI

Tumandagi har bir mahallaga sektor va iqtisodiy kompleks rahbarlari biriktirilgan. Ular joylarda iqtisodiy faol aholi va xususiy sektorni xatlovdan o‘tkazish, fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilish, boqimanda soliq qarzdorliklari, kreditlar, maishiy chiqindi to‘lovlarini undirish, qayta tiklanuvchi quyosh panellari o‘rnatish va boshqa ishlarga bosh-qosh bo‘lishmoqda.

Tuman hokimi o‘ziga biriktirilgan Turon mahallasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZOOM platformasi orqali sektor rahbarlari, mahallalarda ish olib borayotgan hokim o‘rinbosarlari va iqtisodiyot sohasi vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

So‘ng sektor a’zolari hamrohligida joyiga chiqib bajarilayotgan ishlarni o‘rgandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM