MUAMMOLAR YECHIMI NAZORATGA OLINDI

Oq oltin mahallasi hududida joylashgan “O‘lmas” bazmgohida tuman hokimi, sektor rahbarlari va xalq qabulxonasi mudiri, shu kabi tegishli tashkilotlar vakillari tumanimiz ahli uchun qabul o‘tkazdilar.

Tumanning bu qismida yashovchi aholi azaldan dunyoqarashi, vazminligi, sermulohazaligi bilan ajralib turadi. Bu galgi qabul ham shunga mos ravishda samimiy suhbat tarzida o‘tdi. Fuqarolar ham boqimandalik kayfiyatidan yiroq – faqat o‘z manfaatini emas, balki barchani qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat etdilar.

Masʼullar yigirmadan ortiq mahallalardan tashrif buyurgan har bir fuqaro bilan alohida suhbatlasharkan, ichki yo‘llarni taʼmirlash, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, shu kabi toza ichimlik suvi taʼminoti bo‘yicha murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi rahbarlarga yo‘naltirildi. Ijrosi esa alohida nazoratga olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM