HUDUD YАNADA OBOD BO‘LMOQDA

Izg‘irinli kunlar ortda qoldi. Dalalarda bahor nafasi ufurmoqda. Tozalikni xush ko‘radigan xalqimiz allaqachon obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar.

Tuman hokimi Sherzod Rahmonov boshchiligida barcha sektor va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla raislari maxsus avtobusda yurib, tumanimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Aholi xonadonlarini tartibga keltirish, yo‘l yoqalarini tozalash, tadbirkorlarga tegishli binolar peshtoqidagi shior va yozuvlarni yangilash, bir so‘z bilan aytganda, hududni yanada ko‘rkamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

M-37 yo‘li hamda Mirbozor-Oqtosh yo‘nalishidagi asosiy yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM