Press-tur

“OROMGOH ” KIChIK SANOAT ZONASIDA

Tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

 Bu galgi press-turda jurnalist va blogerlar Tepa mahallasi hududida joylashgan “Oromgoh” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan atroflicha tanishdilar.

Sutli qayta ishlashga mo‘ljallangan “Ikrom Zebinniso”, keng turdagi mebellar ishlab chiqaruvchi “Narpay ezgu mebel” oilaviy korxonalaridagi ish jarayonlari o‘rganildi.

Ayniqasa, “Koinot baraka servis” MChJ da termoplastinkali kley ishlab chiqarilayotgani press-tur ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.
Chunki, bu yerda ishlab chiqarilayotgan kley mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Uzavto Motors” OAJga sotilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM