OBODLIK KO‘NGILDAN BOShLANADI

Tumanimizning barcha hududlarida aholi xonadonlarini tartibga keltirish, suv yo‘llarini tozalash, daraxtlarga shakl berish, oqlash, yo‘l atrofidagi tadbirkorlik sub’ektlari va turarjoylarning tashqi fasadlarini ranglash, bir so‘z bilan aytganda, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nuroniy oqsoqollar, faollar, keng jamoatchilik bu borada hasharchilarga bosh-qosh bo‘lishyapti. Tuman hokimi sektor rahbarlari va mas’ullar hamrohligida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlik sub’ektlari binolariga o‘rnatilgan eskirgan tashqi reklamalarni yangilash, ularni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga mos ravishda o‘rnatish lozimligi ta’kidlandi.

Shu kabi binolar devorlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM