YОSHLARNI YОT G‘OYАLAR TA’SIRIDAN ASRASh LOZIM

Bugungi kunda voyaga yetmagan yoshlarning Misr va Turkiya davlatlariga diniy ta’lim olish uchun chiqib ketish holatlari uchrayotgani sir  emas. Yoshlarni diniy aqidaparastlar ta’siriga tushib qolishdan asrash uchun ularning ongini o‘stirish, bilimlarini oshirish zarur.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Boymurodov, viloyat IIB mas’ul xodimlari, tuman hokimligi, huquq-tartibot organlari vakillari, maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va MFY mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu mavzuda so‘z bordi.

Yig‘ilishda ba’zi viloyatlarda maktab o‘quvchilarining “xujra”larda diniy ta’lim olayotgani, ota-onalar bunga yo‘l qo‘yishayotgani, maktab, mahalla mas’ullarining e’tiborsizligi haqida gapirildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga adashganlarning ayanchli qismati aks etgan “Soxta da’volar” nomli videorolik namoyish etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM