“SIZ QONUN HIMOYАSIDASIZ”

Narpay tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazoratdagi xotin-qizlar ishtirokida "Siz qonun himoyasidasiz", "Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi himoya orderi berish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari M.Ochilova, IIB inspektori M.Elomonova, shu kabi hamkor tashkilotlar vakillari inson huquqlari himoyasi, ayollarga nisbatan zo‘rovonliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Tibbiyot birlashmasi va xalq ta’limi bo‘limi psixologlari xotin-qizlarga psixologik tavsiyalar berishdi.

Tadbirda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakillari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi. Bir necha nazoratdagi shaxslar o‘zlariga mos ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM