HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Tuman hokimi No‘g‘ay va Dedan mahallalarida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakultetida tegishli masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan oliy taʼlim muassasalariga shartnoma to‘lovini to‘lashda, salomatligini tiklashda amaliy yordam, shu kabi hududga  Wi-fi  tarmog‘i tortish, kasb-hunarga o‘qish masalalarida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM