Yoshlarning ilmiy izlanishlari saralandi

Tuman hokimligi, raqamli texnologiyalar markazi, yoshlari ishlari agentligi hamda xalq taʼlim bo‘limi hamkorligida tumanimizdagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazida "Ulug‘bek vorislari" Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 18-30 yosh toifasidagi 25 nafardan ortiq yoshlar o‘z loyihalarini himoya qilishdi. tibbiy yordam, taʼlim sifati, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, IT park kabi loyihalar hakamlarga taqdim etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan 5 ta loyiha tashabbuskori  viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM