SAMARQANDLIK “YOSh KITOBXON”LAR TAQDIRLANDILAR

“Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovida bu gal ham Samarqandlik yoshlar boshqalarga deyarli imkon qoldirishmadi. Tanlovning 15 - 19  yosh toifasida Marhabo Mahkamtosheva (Samarqand shahri) 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 20-30 yoshlilar o‘rtasida Narpaylik Iroda Safoyeva 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 000000 so‘m sohibiga aylandi. 

 Bugun har ikkala g‘olib kitobxonalarga Samarqand viloyati hokimining esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek ularning ota-onalari ham viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM