XITOYLIK INVESTORLAR NARPAYDA

Avval viloyat delegatsiyasi Xitoy davlatida bo‘lganligi haqida xabar bergan edik. Ular orasida tumanimiz vakillari ham ishtirok etib, bir necha yirik investorlar bilan istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirgan edi.

Bugun tuman hokimi Xitoy davlatidan tashrif buyurgan yirik investorlardan biri China Huadian Engineering Ltdning xorijdagi departamenti direktori Mr LIAO Ran hamda tijorat menejeri Mr FENG Zejinglar bilan muloqot olib bordi.

Investorlar 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga tumanimizning 181,7 gektar maydonida quvvati 100 MVt elektr ishlab chiqarish stansiyasi qurish niyatida.

Quyosh panellari yordamida energiya ishlab chiqarish stansiyasi ishga tushirilsa, 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Muloqotda soha vakillari ham bevosita ishtirok etdilar. Xorijlik mehmonlar tumanimiz elektr stansiya qurish uchun har tomonlama qulayligi, kelgusida boshqa manfaatli loyihalarni amalga oshirishda ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi haqida so‘z yuritdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM