Festivalga marhabo!

“O‘ZBEKISTON – YoSHLAR MAMLAKATI”

Aziz tumandoshlar joriy yilning 17 aprel kuni Narpay tumanida “O‘zbekiston–yoshlar mamlakati” shior ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Dastlab, soat 10:00 dan 14:00 ga qadar “Yoshlar” istirohat bog‘ida festival doirasida “Yoshlar sayli” tashkil etiladi.

Shu kabi “Munozara”, “Zakovat”, “Konsititutsiya bilimdoni”, “Bilasizmi?”, ”Insholar tanlovi”, “Ibrat farzandlari” intellektual tanlov va loyihalar, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut, kamondan o‘q uzish sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, kasb-hunar yo‘nalishlari, kitoblar olami, yosh ixtirochilar ko‘rgazmalari, sheʼriyat kechasi, “Yangi O‘zbekiston mening nigohimda” rasmlar tanlovi uyushtiriladi.

Shuningdek, soat 16:00 da poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli “Eldido” guruhi solisti Dilniyoz G‘offorov hamda qiziqchi va aktyor Sanjar Shodiyev (Borya)lar ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etiladi.

Aziz yoshlar! Festivalda ishtirok eting!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM