“OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA"

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida qo‘shma qarori talablari asosida Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida qisqa muddatli dasturga muvofiq o‘qitish ishlari boshlandi.

Bu galgi o‘quv mashg‘uloti Narpay tumanida o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqan masʼullar, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish borasidagi maʼruzalari bilan tinglovchilarga maʼlumotlar berishdi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yangicha ishlash tizimi to‘g‘risida yig‘ilganlarga atroflicha maʼlumot berib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM