#Musiqiy_ring

SANʼATDAN BAXT TOPGANLAR

Tuman madaniyat va turizm bo‘limi, 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamkorligida “Navqiron Narpayda sanʼatdan baxtini topganlar” shiori ostida ijodiy bellashuv tashkil etildi.

Tumanda ijod qilib kelayotgan xonandalar Shokir Jonuzoqov, Alijon Muhiddinovlar o‘rtasida kechgan bellashuvda jonli ijrodagi qo‘shiqlar yangradi.

Jonli ijrodagi musiqiy ringda ko‘pchilik ovoz bilan Shokir Jonuzoqov kuylagan qo‘shiqlar maʼqullandi. G‘olib sanʼatkor 1-darajali diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM