NAVBATDAGI DOLZARB MASALA: TAʼLIM - TARBIYA

Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan soha mutaxassislardan iborat ishchi guruh bir qator umumtaʼlim maktablari faoliyatlarini o‘rgandi.

45-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimi maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri va barcha umumtaʼlim maktablari direktorlari, masʼullari ishtirokida ushbu o‘rganish natijalari muhokama etildi. 

Dastlab, o‘rganishlar natijalari aks etgan video rolik namoyish qilindi.

So‘ng tuman hokimi ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomada keltirilgan nuqsonlar haqida alohida to‘xtaldi.

Ilm maskanlarida taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomati, tartib-intizomiga jiddiy eʼtibor qaratish va boshqa zarur vazifalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Bir qator ilg‘or ish tajribaga ega pedagoglar jamoalari boshqalarga namuna sifatida ko‘rsatildi.

O‘z o‘rnida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 12,21,47-sonli shu kabi boshqa ayrim maktab rahbarlariga intizomiy choralar ko‘rish takliflari ilgari surildi.

Tuman hokimi masʼullarga yakka tartibda taʼlim olayotgan o‘quvchilarga tajribali oliy maʼlumotli o‘qituvchilar dars o‘tishlarini taʼminlash, yuqori sinf o‘quvchilariga oliy toifali o‘qituvchilarni biriktirib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish va yana bir qator muhim topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM