Seminar

G‘O‘ZA PARVARISHI AGROTEXNIKASIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashining mutaxassislardan iborat aʼzolari, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimining o‘rinbosari, shu kabi qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, fermerlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Zafarjon Husanov nomli fermer xo‘jaligi dalasida tashkil etilgan seminarda g‘o‘za parvarishi agrotexnikasi, qator orasiga ishlov berish, hasharotlarga qarshi kurashish va boshqa zarur tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Fermerlar yetuk mutaxassislardan g‘o‘za parvarishiga oid savollarga to‘liq javob oldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM