QADR MUQADDAS, XOTIRA ABADIY

Ulug‘bek Hasanov Sarbozor mahallasida tavallud topgan. Harbiy xizmatchi 2010 yil 25 avgust kuni o‘quv-mashg‘ulotlaridan qaytishda yo‘l-transport hodisasi tufayli vafot etgan. Uning turmush o‘rtog‘i Feruza Hasanova ikki nafar farzandi bilan Salovat mahallasida yashaydi.

9 may – Xotira va Qadrlash kuni oldidan Markaziy harbiy okrugi apparati ofitserlari marhum harbiy xizmatchining oilasi holidan xabar oldilar. Turmush o‘rtog‘iga pul mablag‘i va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bunda tuman hokimligi hamda tuman mudofaa ishlari bo‘limi vakillari ham ishtirok etdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM