“KIBER JINOYATCHILIKKA QARSHI KIBERXAVFSIZLIK”

Samarqand davlat chet tillar institutining Narpay xorijiy tillar fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda firibgarlik jinoyati va “Kiber jinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlikʼ mavzularida so‘z bordi.

Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda internet ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalgan firibgarliklarning oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga bank karta raqamlarini begona kishiga bermaslik, turli mukofot va aksiyalardagi xabarlarga ishonmaslik to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida "Kiber jinoyatchilik qarshi kurashamiz ʼʼ mavzusida videorolik namoyish etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM