AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA

Tumanimizda ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlash, o‘zini o‘zi band qilish maqsadda 2-son kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 121 ta davlat tashkiloti va xususiy korxonalar 317 ta bo‘sh ish o‘rinlari, shu kabi ishlab chiqariladigan mahsulotlari bilan qatnashdi.

Bunda 30 nafar ishsiz fuqaroga o‘zlariga maʼqul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Mutaxassisligi bo‘lmagan ishsiz 15 nafar fuqaro kasb-hunar maktablarida tashkil etilgan kurslarda tahsil olishga yo‘naltirildi.

Shu yerning o‘zida hokim yordamchilari tavsiyalariga ko‘ra, 64 nafar ishsiz fuqaroga 350 million so‘mlik motokultivator, pishiriq pechi, zamonaviy kompyuter jamlamasi, xamir qorish uskunasi kabi anjomlar subsidiya asosida, ijtimoiy shartnomalar orqali tarqatildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM