Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tuman bo‘limi tomonidan gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Narpay tumanida yashovchi Sh.S. va “X.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.n. yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, jami 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM