Profilaktik suhbat

QILMISHIDAN XULOSA CHIQARMAGAN ZO‘RAVON

Qo‘shnisi bilan janjallashgan bu fuqaroga nisbatan o‘tgan yili sud tomonidan maʼmuriy chora ko‘rilgan. Shunga qaramay u yana takroran qo‘shnisini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, shaʼni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagan. Natijada unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Do‘stlik mahallasi ahli o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida bu jinoyat muhokama etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari va ichki ishlar bo‘limi masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda jinoyatlarning oldini olish borasida tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shu kabi qilmishidan tegishli xulosa qilmagan fuqaroning harakatlari, bunday holatlarning kelib-chiqish sabablari haqida fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM