MUROJAATLAR RO‘YXATGA OLINDI

Ijrosi esa nazoratda

Aholi muammolarini o‘rganish, muammolarini hal etish maqsadida tuman rahbarlari joylarda fuqarolar uchun sayyor qabullar o‘tkazishmoqda.

Bugun tuman hokimi Xalq qabulxonasi mudiri, DXX masʼullari hamrohligida Turon mahallasi yoshlari va fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi. Qabulda aholi tomonidan asosan, ichki yo‘llar taʼmiri, moddiy ko‘mak, uy-joy masalalari ilgari surildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM