VAZIR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Samarqand shahridagi 71-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi aʼzolari bilan uchrashdi.

Vazir so‘ngi yillarda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, o‘qituvchilar mavqeini yana-da oshirish borasida ham alohida to‘xtaldi.

Tadbirda Hilola Umarova 7 nafar o‘qituvchiga “Xalq taʼlimi fidoyisi”, 14 nafariga esa “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Taqdirlanganlar orasida 27- umumtaʼlim maktabi boshlang‘ich taʼlimi o‘qituvchisi Aziza Rasulova ham bor. U "O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM