YANGI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILYAPTI

Shu kunlarda Sarbozor mahallasi hududida tadbirkor Faxriddin Bozorov tomonidan savdo majmuasi va maishiy xizmat ko‘rsatish obyekti bunyod etilmoqda. 1 million dollarlik ushbu loyiha amalga oshirilgach, bu yerda 20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Amir Temur nomli mahallada esa tadbirkor Sherzod Xasanov temir yo‘l orqali mahsulot qabul qilish va qadoqlash omborxonasi barpo qilishga kirishdi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar bilan birga har ikkala qurilish maydonida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Qurilish-taʼmirlash ishlarini jadallashtirish, kelgusida faoliyatni yana-da kengaytirish bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Tepa mahallasidagi eksportyor korxona – “Zirabuloq  Agro ekspress” MCHJ rahbari Sherzod Abduaxadovning ham muammolari va takliflari o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM