RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA

Besh tashabbus olimpiadasining shashka sport turi bo‘yicha Viloyat bosqichi Qo‘shrabot tumanida o‘tkazildi.

22-26 yosh toifasidagi erkaklar o‘rtasida Ipak yo‘li mahallasidan ishtirok etgan Shavkat Rahmonov faxrli birinchi o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu kabi 27-30 yoshli ayollar o‘rtasida Amir Temur mahallasidan ishtirok etgan Maqsuda Hasanova uchinchi o‘rinni egallab S ligada Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yoshlarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM