OROMGOHLAR BOLALARNI BAG‘RIGA CHORLAMOQDA

Yozgi taʼtilda bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun tumandagi bir qator umumtaʼlim maktablarida kunduzgi oromgohlar tashkil etilgan.

12-43-55-70- umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritadigan kunduzgi oromgohlar barcha qulayliklarga ega.

Tuman hokimi o‘rinbosari Islom Hakimov bugun ushbu dam olish maskanlarida bo‘lib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, har yili tumanda "Narpay bolajon" bolalar oromgohi tashkil etilar edi. Shu yil yanayam qulaylik yaratish maqsadida 400 nafar bolajonlar Urgut tumanida tashkil etilgan “Bahora” nomli oromgohga jo‘natiladigan bo‘ldi.

Hurmatli ota-onalar! Agar farzandingizni Urgut tumanidagi oromgohga yuborish istagingiz bo‘lsa, +998979293429 raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM