SPORT SOHASI MUHOKAMA ETILDI

Narpay sporti sezilarli darajada rivojlanib, yil sayin yuqori natijalar qayd etilmoqda. Shu yilning o‘zida tumanimiz yoshlari turli sport musobaqalari, shu kabi xalqaro turnirlar, O‘zbekiston va Osiyo chempionatlarida ishtirok etib, 47 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Sportchilarimiz esa nufuzli jamoalarga saralab olinyapti. Tuman sport maktabining 6 nafar o‘quvchisi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga aʼzo bo‘lishgani fikrimiz dalilidir.

Tuman hokimi viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i hamrohligida bolalar va o‘smirlar sport maktabida soha mutasaddilari hamda murabbiylar bilan uchrashdi.

Bunda tuman sportida erishilayotgan yutuqlar qatorida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarga yoshlar ishtirokini taʼminlash uchun masʼullar biriktirildi.

Uchrashuvda tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimiga tayinlangan Otamurod Qarshiyev jamoaga tanishtirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM