YO‘LLAR OBOD BO‘LMOQDA

Shu kunlarda tumanimizda mahallalar ichki yo‘llari birma-bir taʼmirlanmoqda.

Amir Temur mahallasidagi Paxta qabul qilish maskaniga olib boruvchi yo'l bir necha yillardan buyon ta'mirtalab ahvolda edi.

Bu esa aholiga va transportlar harakatlanishiga ayniqsa, paxta yig'im-terim pallasida yuzlab texnika vositalarning paxta yetkazib berishida noqulaylik tug'dirardi.

Bugun tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ushbu yo'lning 600 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Yo‘llar ravon bo‘layotganidan aholi mamnun.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM