PROFILAKTIK SUHBAT

Iymon mahallasida yashovchi fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli uy-joyni qaynonasi nomiga noqonuniy rasmiylashtirilgani xususida murojaat qiladi. Tekshiruvlar natijasida, uy-joy hadya shartnomasi soxta ekanligi ayon bo‘lgan.

 Aksariyat hududlarda harakatlanish qoidalariga rioya etmaslik oqibatida ayanchli avtohalokatlar sodir etilgan.

 Oq oltin, Salovat va Iymon mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu holatlar muhokama etildi.

 Tuman hokimi o‘rinbosari hamda tegishli tashkilot masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda  jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

 So‘ng yuqorida qayd etilgan holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM