“DARAXTGA NAFAS BERING”

Shu kunlarda viloyatimiz hududida "Daraxtga nafas bering" shiori ostida ommaviy tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida daraxtlarga zarar yetkazgan holda o‘rnatilgan tashqi reklama bannerlari, elektr moslamalari, shu kabi daraxt ostini beton qoplamalar bilan to‘sib qo‘yilishi kabi holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan Oqtosh shahrida olib borilgan nazorat tadbirlarida ham yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

Siz ham tabiatga befarq bo‘lmang!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM