QISHLOQ XO‘JALIGINING UCH YO‘NALISHI O‘RGANILDI

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va masʼullar hamrohligida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Dastlab, Respublika Paxtachilik Kengashi aʼzolari bilan Narpay Xushnudbek fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan yangi "Ravnaq 2" navli g‘o‘za rivojlanishini ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra “Agro Gold Spring” chorvachilik fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi. Taʼkidlash lozimki, o‘tgan oyda ushbu fermer xo‘jaligiga Germaniyadan 132 bosh "Golishten" zotli qoramollar keltirilib, 620 boshga yetkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida Ahmad Zoir ota nomli va boshqa bir qator fermer xo‘jaliklaridagi dalalarida g‘alla o‘rimi ko‘zdan kechirdi. Kombayn holati, ishchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Taʼkidlash joizki, qishloq xo‘jaligining rivoji oziq-ovqat xavfsizligining kafolati hisoblanadi. Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish orqali, bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash borasida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM