SHAYLIK HOLATI O‘RGANILDI

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda viloyat boshqarmasi masʼullari tumanimizga tashrif buyurdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari va tegishli masʼullar hamrohligida "Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi", "Oqtosh don" AJ, "Mirbozor bozori" MCHJ hamda Madaniyat va istirohat bog‘ida Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.

Bunda o‘t o‘chirish mashinalari hamda moslamalari, suv nasoslari va hovuzlari o‘rganilib, o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM