YERNI BOQSANG – YER HAM SENI BOQADI!

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan maxsus ishchi guruh, uzoq yillar qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari fermer xo‘jaliklarida qilinishi kechiktirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 1-sektor shtabida 1 va 3, 2-sektor shtabida 2 hamda 4-sektor hududidagi MMTP va fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan o‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim ishlari orqada qolayotgan fermerlarga ishlarini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ayrim hududlarda qilingan ishlar tanqid ostiga olindi.

Shu kabi, tajribali mehnat faxriylari hozirda qishloq xo‘jaligidagi vaziyat yuzasidan MMTP, fermer xo‘jaliklari raislari hamda masʼullarga o‘zlarining tajribasidan kelib chiqqan holda tavsiyalar berishdi.

Shundan so‘ng, Sobirjon Gadayev fermer xo‘jaligida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM