FERMERLARGA KO‘RSATMALAR BERILDI

Tuman hokimi o‘rinbosarlari, DSI rahbari hamda masʼullar hamrohligida 2-son kasb-hunar maktabida tumanimizdagi bog‘dorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik fermer xo‘jaliklarida qilinishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar xususida muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada fermer xo‘jaliklari rahbarlariga mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, bo‘sh turgan yerdan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu kabi, ulardan soliqlarni vaqtida to‘lash, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish kabi bir qator majburiyatlarni bajarish zarurligi eslatib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM