QILMISHIDAN XULOSA CHIQARMAGAN FUQARO

Probatsiya nazoratida turgan shaxs qilmishidan xulosa chiqarmagan holda ichki ishlar xodimiga o‘zini nazoratidan noqonuniy ravishda chiqarishini so‘raydi. Albatta buni evaziga pul ham taklif qiladi. Mazkur xodim viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman Probatsiya bo‘limi binosida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu holat muhokama etildi.

Tuman hokimligi hamda IIB masʼullari tomonidan Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, pora olish ham pora berish ham jinoyat ekanligi yana bir bor taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM