NARPAYDA TADBIRKORLAR KENGASHI TASHKIL ETILDI

Tumanimizda hokimlik tashabussi bilan Narpaylik va boshqa xududlardan kelib, turli sohada faoliyat yuritib kelayotgan yirik tadbirkorlar aksariyati ilk marotaba bir joyda to‘plandilar.

Ushbu uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan ularning faoliyatini yana-da rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar Kengash tashkil taklifi ilgari surildi.

Tashkil etilgan Kengashning kelgusi uchrashuvlarida navbati bilan tadbirkorlarning o‘zlari Kengash raisi bo‘lishi hamda yanada ko‘proq tadbirkorlar jalb etishga kelishildi.

Kengashning vazifasi har ikki oyda bir tumandagi rivojlanib kelayotgan tadbirkorlarni kengashga jalb etish, ular bilan tajriba va fikr almashish, yangi loyihalarda hamkorlik qilishlarida turtki bo‘ladigan bo‘ldi.

Keyingi uchrashuv avgust oyiga belgilandi.

Bir piyola choy ustida davom etgan suhbatda ishbilarmonlar zamonaviy, yangi loyihalar ustida hamkorlikda ishlashlari va bu borada ularni doimiy qo‘llab-quvvatlanishi tuman hokimi tomonidan taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM