MATBUOT XODIMLARI

Uzoq yillar jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan, "Yilning eng faol va iqtidorli jurnalist - 2013" viloyat ko'rik-tanlovi g'olibi Maqsud Mirzayev bugun garchi boshqa sohada ishlayotgan bo'lsada, qadrdon dargohi - tahririyatni hali-hamon sog'inadi.

SALOM TAHRIRIYAT!

Salom tahririyat! Menda bir xat bor,
Iltimos yoritib bergin tahrirsiz!
Tushimga kiradi takror va takror,
Xonalarda yurib, men qoldirgan iz.

O‘tkir so‘z qidirib toladi ko‘zim,
Satrga joylayman ahamiyatni.
Axir qismatim shu tanlagan o‘zim,
Moddiyatdan kechib, maʼnaviyatni.

Salom tahririyat! Menda bir xat bor,
O‘qisam negadir bo‘g‘zim kuyadi.
Tushimda “Maqolang bo‘ldimi tayyor”,
Deb, marhum ustozlar qovoq uyadi.

Qancha uzoqlashsam, o‘ziga shuncha,
Tortib boraverar bu nurli yo‘lak.
Uyg‘onib aytaman: demak o‘lguncha,
Yozishim shart ekan, yozishim kerak.

Salom tahririyat! So‘ngi bir xat bor,
Men o‘tgach, barini etasan oshkor...

Maqsud MIRZAYEV.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM