ENDI MAKTABLARDA TA'LIM BILAN BIRGA HUNAR HAM O'RGATILA BOSHLANADI

Davlatimiz rahbarining “Maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi topshiriqlari asosida tumanimizning 56-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va mobil telefonlarni taʼmirlash  ustasi kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

Hozirda, 40 ga yaqin o‘quvchi yoshlar ushbu hunarlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim olishmoqda.

Tuman hokimi ushbu maktabda, o‘rinbosari hamda maktab direktorlari ishtirokida seminar o‘tkazdi. Shuningdek, barcha maktablarda bosqichma-bosqich ushbu tizimni tashkil qilinishi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Shu kabi, maktab binolarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, taʼlim sifatini yaxshilash va  har bir o‘quvchini o‘zi qiziqqan sohadagi oliy taʼlim muassasalariga yo‘naltirish xususida so‘z yuritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM