“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

Tuman hokimi, Keksalar maslahat guruhi aʼzolari, mahallalardagi faol nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Tumanimizning Tumor bazmgohida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida, inson qadri, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda keksalarning o‘rni xususida bir piyola choy ustida suhbat qurildi.

Shuningdek, davraga yig‘ilganlar zarur masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shu bilan birga, oilalar tinchligi, yoshlar tarbiyasi hamda aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning o‘rni  xususida ham so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM